Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida Chevrolet Cobalt va Damas to‘qnashdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar bermoqda.
2025-yil 14-noyabr kuni soat 11:30 larda, Xo‘jaobod tumani Mustahkam MFY hududidan o‘tgan 60V Xo‘jaobod–Qoratayb avtomobil yo‘lining 5-kilometrida harakatlanib, chapga burilmoqchi bo‘lgan Cobalt haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Damas’ni o‘tkazib yubormagan. Oqibatda transport vositalari to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisa natijasida Damas haydovchisi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Damas ikkinchi darajali yo‘lga burilayotgan va qarama-qarshi tomondan kelayotgan Onix’ni o‘tkazib yubormagani aks etgan tasvirlar paydo bo‘ldi. Ushbu vaziyatda transport vositalari to‘qnashuvi yuzaga kelgan.
Viloyat YHXB ma’lumotiga ko‘ra, Damas ichidagi ikki yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan biri olgan tan jarohati tufayli vafot etgan.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Andijonda sobiq IIB xodimi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.

