Andijon viloyatida “Damas” va “Leapmotor” ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yil 15-dekabr kuni soat 23:10 atrofida Andijon tumani “Qurama” MFY hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega A–373 avtomobil yo‘lining 344-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1998-yilda tug‘ilgan E.D. boshqaruvidagi “Damas” avtomobili tartibga solingan chorrahada orqaga qayrilib olish vaqtida qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Leapmotor” rusumli avtomobilga yo‘l bermasdan uning yo‘liga chiqib ketgan. Oqibatda ikki transport vositasi to‘qnashgan.
Hodisa natijasida “Damas” avtomobili haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Chilonzorda BYD yonib ketgani haqida yozgan edi.

