Andijonda ikki Chevrolet Cobalt va Nexia 3 ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Foto: "Novaya mashina"
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Andijonda ikki Chevrolet Cobalt va Nexia 3 ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Andijon viloyati IIB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi. Voqea Shahrixon tumanidagi “Taraqqiyot” mahallasida 16-noyabr kuni “Shahrixon–Quva” yo‘nalishida yuz bergan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, haydovchi S.S. (1994-y.t.) boshqaruvidagi “Cobalt” avtomashinasi bilan harakatlanayotganda oraliq masofani saqlay olmagani sababli, oldinda chapga burilishga tayyorlanib turgan yana bir “Cobalt” bilan to‘qnashgan. Zarba oqibatida ikkinchi “Cobalt” qarama-qarshi yo‘ldan kelayotgan “Nexia-3” bilan to‘qnashgan.

Shundan so‘ng “Nexia-3” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, chorrahada o‘ng tomonda to‘xtab turgan “Damas” avtomashinasiga urilgan.

Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan. Biroq avtomobillar texnik shikastlangan. Holat bo‘yicha Shahrixon tumani IIB YHX xodimi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Andijonda sobiq IIB xodimi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.