Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Deaprtament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo‘jaobod tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.X. qo‘lga olindi.

Tekshiruv davomida uning “Mustaqillikning 27 yilligi” MFY hududidagi xonadonida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan 6 dona “Tropikamid” va 97 dona “Pregabalin Capsules” dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelgani aniqlandi. Ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan 58 dona dori vositasini fuqaro I.G.ga 2,2 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz davlat zaxirasidagi yerlarni sotgan shaxslar fosh etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.