Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Bojxona va Ichki ishlar organlari hamkorligida Asaka tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida 1988-yilda tug‘ilgan shaxs yonidan nomsiz sprey idishdagi noma’lum suyuqlik hamda ikkita nomsiz dori vositasi aniqlanib, vaqtincha saqlovga olindi.
Tezkor harakatlar davom ettirilib, Xo‘jaobod tumanidagi ushbu shaxsga tegishli xonadon ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida mazkur manzilda narkolaboratoriya tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi.
Xonadondan sprey idishlardagi noma’lum suyuqliklar, oq rangli kukunsimon moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari hamda giyohvandlik vositalarini tayyorlashda foydalaniladigan anjomlar ashyeviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, aniqlangan moddalar “Alfa PVP” sintetik giyohvandlik vositasi va “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi modda hisoblanadi.
Holat yuzasidan narkolaboratoriya egasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Qaynoq24.uz Qashqadaryoda qalbaki aksizli alkogol savdosi fosh etilgani haqida yozgan edi.

