Andijonda qalbaki dori tayyorlagan yashirin laboratoriyalar fosh etildi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Andijon viloyatida qalbaki dori tayyorlagan yashirin laboratoriyalar fosh etildi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon shahri va Asaka tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro o‘z uyida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini tayyorlash bilan shug‘ullangan. Ushbu tadbir DXX Chegara qo‘shinlari va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida manzillarda maxsus jihozlangan yashirin laboratoriyalar borligi aniqlangan. U yerdan umumiy qiymati 1,1 mlrd so‘mlik 122 turdagi 60 mingdan ortiq dori vositalari dalil sifatida olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mahsulotlar Qirg‘izistondan noqonuniy olib kirilgan. Dorilarning bir qismi yarim tayyor, yana bir qismi esa qayta ishlangan holatda bo‘lgan.

Mutaxassislar bu turdagi dori vositalari inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidladi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Toshkentda noqonuniy tamaki savdosi fosh etilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.