Android’da ilovalarni o‘chirish tugmasi yo‘qoldi. Bu haqda Android Police nashri xabar bermoqda. Ayrim Android foydalanuvchilari tizimga o‘rnatilgan ilovalarni o‘chira olmay qolgan.
Muammo dekabr boshlarida aniqlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda Google Play sahifasida “O‘chirish” tugmasi yo‘qolgani aytildi. Natijada foydalanuvchilarga faqat “Ochish” tugmasi ko‘ringan.
Jurnalistlar holat ommaviy tus olganini qayd etgan. Biroq taxminan bir hafta o‘tib, ko‘pchilik foydalanuvchilarda tugma qayta paydo bo‘lgan.
Mutaxassislar muammo Google, Android Auto va boshqa tizim ilovalari bilan bog‘liq bo‘lganini aytmoqda. Ushbu dasturlar Android qurilmalariga sukut bo‘yicha o‘rnatiladi.
Nashrga ko‘ra, foydalanuvchilar tizim ilovalarini o‘chirishni turli sabablarga ko‘ra xohlaydi. Ayrim ilovalar ishlatilmaydi va xotirada ortiqcha joy egallaydi.
Shunga qaramay, hozir ham ayrim foydalanuvchilarda muammo saqlanib qolgan. Mutaxassislar ilovalarni sozlamalar orqali o‘chirishni tavsiya qilmoqda.
Buning uchun “Sozlamalar” bo‘limiga kirish kerak. So‘ng “Ilovalar” va “Barcha ilovalarni ko‘rish” bo‘limi tanlanadi.
Avvalroq Android tizimida 100 dan ortiq xavfli zaifliklar aniqlangani haqida yozgan edi.

