Android’da yashirin xavfsizlik funksiyasi aniqlandi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Android operatsion tizimida sukut bo‘yicha o‘chirilgan, biroq kuchli himoyani ta’minlovchi maxsus xavfsizlik funksiyasi mavjud. Bu haqda ZDNet nashri xabar berdi.

Nashr jurnalistlarining ta’kidlashicha, Advanced Protection nomli ilg‘or himoya rejimi Android 16 versiyasi bilan birga joriy etilgan. Ushbu rejim yoqilganda Google tomonidan taklif etiladigan eng ishonchli xavfsizlik va maxfiylik mexanizmlari faollashtiriladi. Funksiya standart holatda o‘chiq bo‘lgani sababli, ko‘pchilik foydalanuvchilar undan bexabar bo‘lib kelgan.

Advanced Protection smartfon xavfsizligining olti yo‘nalishini qamrab oladi. Qurilma o‘g‘irlangan taqdirda avtomatik bloklash rejimi ishga tushadi. Telefon uzoq vaqt ishlatilmasa, tizim qayta yuklanadi. Qurilma shubhali 2G tarmoqlariga ulanmaydi, kiruvchi qo‘ng‘iroqlar esa avtomatik filtrlashdan o‘tkaziladi.

Shuningdek, brauzerlar fishing va zararli saytlarni bloklaydi. Google Chrome imkon qadar barcha sahifalarda HTTPS protokolini majburiy yoqadi. Bundan tashqari, Google Play Protect tizimi ilovalar faoliyatini doimiy tahlil qiladi. Kiruvchi SMS-xabarlar tekshiriladi va shubhali havolalarga o‘tish taqiqlanadi.

ZDNet mutaxassislarining tushuntirishicha, Advanced Protection’ni smartfon sozlamalarida “Xavfsizlik va maxfiylik” bo‘limi orqali faollashtirish mumkin. Funksiya faqat Android 16 versiyasida ishlaydi.

Qaynoq24.uz Android’da ilovalarni o‘chirish tugmasi yo‘qolgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.