Apple kompaniyasi o‘zining mashhur ovozli yordamchisi Siri’ni sun’iy intellekt (SI) asosidagi chat-botga aylantirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Bloomberg.
Ushbu loyiha, OpenAI va Google’ning chat-botlarining dominatsiyasiga javob sifatida ishlab chiqilmoqda. Apple yangi chat-botni 2026-yilning kuzida, an’anaviy ravishda o‘tkaziladigan Dunyo ishlab chiquvchilari konferensiyasida taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Apple’ning yangi chat-boti uchun Google tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt modellari asos bo‘ladi. Yangi Siri iPhone, iPad va Mac kabi qurilmalarga o‘rnatiladi va foydalanuvchilar unga foto tahrir qilish, xat yozish va qurilma sozlamalarini boshqarish kabi funksiyalarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Siri — Apple tomonidan ishlab chiqilgan ovozli yordamchi bo‘lib, 2010-yil aprel oyidan boshlab iPhone, iPad, Mac va boshqa qurilmalarda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. U qurilmani ovoz orqali boshqarish, ma’lumot izlash va xabar yuborish kabi funksiyalarni taqdim etadi.
Hozirgi vaqtda Siri bir qancha tillarni, jumladan ingliz, arab, xitoy va rus tillarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Qaynoq24.uz ChatGPT bepul obunada reklama ko‘rsatishi haqida yozgan edi.

