Apple’ning eng katta muvaffaqiyatsizligi ma’lum qilindi

Foto: Cult of Mac
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Macworld nashri jurnalistlari Apple kompaniyasining 2025-yildagi eng katta muvaffaqiyatsizliklari va yutuqlarini tahlil qildi.

Macworld talqiniga ko‘ra, 2025-yilgi asosiy muvaffaqiyatsizliklardan biri Apple operatsion tizimlarida paydo bo‘lgan Liquid Glass dizayni bo‘ldi. “Suyuq shisha” nomi bilan taqdim etilgan ushbu dizayn iOS 26 va kompaniyaning boshqa operatsion tizimlarida qo‘llanilgan. Nashr muallifi Saymon Jarrining fikricha, Liquid Glass funksionallik hisobiga namoyishkorona hashamatni tanlagan dizayn bo‘lib, u foydalanuvchilar ehtiyojlariga mos kelmaydi.

Shuningdek, Apple’ning Mac Pro kompyuteri ham yilning asosiy ko‘ngil qoldirgan mahsulotlari qatoriga kiritildi. Jurnalistlar kompaniya ushbu qurilmani yangilashni deyarli unutganini ta’kidladi. Hozirda Mac Pro qariyb 10 ming dollar narxda sotilayotgan bo‘lsa-da, unda ikki avlodga eskirgan protsessor ishlatilmoqda. Bu holat professional foydalanuvchilar orasida norozilik uyg‘otgan.

Shu bilan birga, Macworld Apple’ning 2025-yildagi eng yaxshi mahsulotlarini ham e’lon qildi. Yilning eng yaxshi smartfoni deb iPhone 17 tan olingan. Ushbu model 120 gersli ekran va asosiy konfiguratsiyada 256 gigabayt xotira bilan taqdim etilgani yuqori baholangan. Yilning eng yaxshi kompyuteri unvoni Mac Studio M3 Ultra’ga berilgan.

Eng yaxshi protsessor sifatida M5 chipi, eng yaxshi planshet sifatida iPad Pro M5, eng yaxshi aqlli soat sifatida Apple Watch SE 3 tanlangan. Operatsion tizimlar orasida esa iPadOS 26 yilning eng muvaffaqiyatli yangilanishi deb topilgan.

Macworld jurnalistlari ta’kidlashicha, 2025-yil Apple uchun sermahsul bo‘lgan. Kompaniya iPhone, iPad, Mac, AirPods va hatto Vision Pro liniyasida yangi mahsulotlarni taqdim etgan.

Qaynoq24.uz iPhone smartfonlarida reklama ko‘paygani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.