AQSh prezidenti Donald Tramp 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqish bo‘yicha memorandumni imzoladi. Qaror 7-yanvar kuni Oq uyning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, AQSh chiqayotgan tashkilotlarning 31 tasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi doirasida, 35 tasi esa BMTdan tashqarida faoliyat yuritadi. Oq uy bayonotida ushbu tuzilmalar endilikda AQSh manfaatlariga xizmat qilmaydi, deya baholangan.
Oq uy saytida e’lon qilingan ro‘yxatda Ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini oldini olish maqsadida tuzilgan Ukraina ilmiy-texnologik markazi, Venetsiya komissiyasi, BMT Bosh kotibining bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha maxsus vakolatxonasi hamda BMT Demokratiya jamg‘armasi kabi tashkilotlar bor.
AQSh davlat kotibi Mark Rubioning bayonotida esa mazkur tashkilotlar “isrofgarchilikka yo‘l qo‘yuvchi, samarasiz, zararli, yomon boshqariladigan, ortiqcha yoki AQSh suvereniteti va erkinliklariga tahdid soluvchi” deb topilgani ta’kidlangan.
Rasmiylarga ko‘ra, bu qaror Donald Tramp ma’muriyatining tashqi siyosatni qayta ko‘rib chiqish va xalqaro majburiyatlarni qisqartirish siyosati doirasida qabul qilingan.
Qaynoq24.uz Tramp Kolumbiya prezidenti bilan bo‘lgan suhbat tafsilotlarini ochiqlagani haqida yozgan edi.

