AQSh Moliya vazirligining OFAC boshqarmasi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan Datavice kompaniyasini Rossiyaning IT-sektori bilan aloqadorlikda ayblab, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Mazkur kompaniya joriy yilning iyul oyida Toshkentda tashkil etilgan va 31-iyuldan beri IT-Park rezidenti sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Sanksiya joriy etilishi bilan Datavice va unga aloqador shaxslarning AQSh yurisdiksiyasidagi barcha aktivlari darhol bloklanadi. Bundan keyin ular bilan har qanday moliyaviy operatsiya amalga oshirish taqiqlanadi. Ushbu talabni buzganlar ikkilamchi sanksiyalarga duch kelishi mumkin.
Ro‘yxatga kiritilgan kompaniyalar:
| Kompaniya nomi | Joylashgan manzili |
|---|---|
| DATA CENTER KIRISHI LLC (Data Center Kirishi Limited Liability Company) | Sh. Volkhovskoe Zd.95, Pomeshch. 1; Sh. Volkhovskoe Zd.11, Kirishі, Rossiya |
| DATAVICE MCHJ | 3 Irrigator Massive, Hamid Olimjon MFY, Toshkent, O‘zbekiston |
| HYPERCORE LTD | 120 Fleet Street, London EC4A 2BE, Buyuk Britaniya |
| MEDIA LAND TECHNOLOGY LLC (MLT LLC) | Sh. Volkhovskoe Zd.11, Office 313, Kirishі, Rossiya |
| MEDIA LAND LLC (Media Lend) | Zastavskaya st. 33, Office 6A300; Tsvetochnaya St. 16, Room 27, Sankt-Peterburg, Rossiya |
| ML.CLOUD LLC | Tsvetochnaya St. 16, Room 28, Sankt-Peterburg, Rossiya; Suite 1802, Lippo Centre, Tower One, 89 Queensway, Gonkong, Xitoy |
| SMART DIGITAL IDEAS DOO | Jurija Gagarina 231, Lok 329, Belgrad, Serbiya |
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri AQShda o‘zbekistonlik terrorchilikda ayblanayotgani haqida yozgan edi.

