AQSh Senati eng uzoq davom etgan hukumat bloklanishini tugatish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Oq Uy / Foto: Louis Velazquez / Unsplash
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

AQSh Senatida ikki partiya vakillari mamlakat tarixidagi eng uzoq davom shatdaunni tugatishga imkon beradigan kelishuvga erishdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Hukumat ishi 40 kun davomida qisman to‘xtagan edi. Bu rekord avvalgi 35 kunlik bloklanishdan ham uzoq bo‘ldi. O‘sha yopilish Donald Trampning birinchi prezidentlik davrida, 2019-yil yanvarida tugagan edi.

Hukumatning to‘xtashi Kongress davlat xizmatlarini moliyalashtirish masalasida kelisha olmagani tufayli yuzaga keldi. Bir oydan ortiq vaqt davomida bir qator federal idoralar ishlamadi. Bu vaziyat milliondan ortiq davlat xizmatchisiga ta’sir qildi. Ulardan ba’zilari ta’tilga chiqdi, boshqalari esa maosh olmasdan ishlashga majbur bo‘ldi.

AQSh Senati / Foto: senate.gov

Prezident Donald Tramp jurnalistlar savollariga javob berarkan, bloklanish yakunlanayotganini aytdi. U bu juda tez fursatda ma’lum bo‘lishini aytgan edi.

Senatorlar kelishuvining qabul qilinishi jarayonning birinchi bosqichi hisoblanadi. Endi hujjat Senatda ovozga qo‘yiladi, so‘ng Vakillar palatasi tomonidan ma’qullanishi kerak. Shundan keyin qonun loyihasi prezident tomonidan imzolanadi. Bu jarayon bir necha kun davom etishi mumkin.

Foto: KFF Health News

Demokratlar Medicaid dasturini qisqartirishga qarshi chiqqan va tibbiy sug‘urta bo‘yicha soliq imtiyozlarini uzaytirishni talab qilgan. Respublikachilar esa bu taklifga rozi bo‘lmagan. Muzokaralar aynan shu masalalar sabab cho‘zilib ketgan edi.

Ko‘pchilik yetakchisi Jon Tyun demokratlarga dekabr oyida tibbiy subsidiyalarni uzaytirish bo‘yicha ovoz berishni va’da qildi. Shuningdek, kelishuv hukumat yopilishi davrida ishdan bo‘shatilgan yoki maoshsiz ishlagan federal xizmatchilarni qayta ishga tiklash va ularga to‘liq kompensatsiya to‘lashni nazarda tutadi.

1-oktabrdan buyon hukumat tizimidagi xodimlar va harbiylar maosh olmasdan ishlagan yoki majburiy ta’tilga chiqarilgan. Bu esa qariyb bir yarim mln kishining hayotiga ta’sir ko‘rsatdi.

Qaynoq24.uz nashri AQSh ayrim kasalligi bor arizachilarga vizani rad etishi mumkinligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.