AQSh va Rossiya o‘rtasida Ukraina bo‘yicha muzokaralarda siljish qayd etildi

Foto: CNN
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

AQSh va Rossiya o‘rtasida Ukraina bo‘yicha muzokaralarda siljish qayd etildi. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS. Uning aytishicha, Ukraina mojarosini hal etish masalasi yuzasidan Rossiya tomoni bilan olib borilgan muzokaralarda muayyan ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan.

Vitse-prezidentning so‘zlariga ko‘ra, AQSh muzokarachilari Rossiya prezidenti maxsus vakili Kirill Dmitriyev bilan Mayami shahrida uchrashuvlar o‘tkazgan. Jey Di Vens Britaniyaning UnHerd portaliga bergan intervyusida asosiy yutuq sifatida barcha muammoli masalalar ochiq muhokama qilinayotganini ta’kidladi.

“Bugun ertalab muzokarachilarimizdan ma’lumot oldim. Eng muhim siljish shundaki, barcha masalalar endi yashirilmay, ochiq muhokama qilinmoqda,” — dedi Jey Di Vens.

Uning ta’kidlashicha, AQSh Ukrainadagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettiradi. Shu bilan birga, vitse-prezident hozircha tinchlik kelishuviga erishilishiga to‘liq ishonch bildirish qiyinligini qayd etdi.

“Biz oldinga siljiyapmiz, ammo bugun turib tinchlik albatta o‘rnatiladi, deb ayta olmayman. Bunga erishish ehtimoli ham bor, erishmaslik ehtimoli ham mavjud,” — dedi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, muzokaralar shanba va yakshanba kunlari AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan. AQSh tomonidan uchrashuvlarda Prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda AQSh prezidenti Donald Trumpning kuyovi Jared Kushner ishtirok etgan.

Rasmiylar muzokaralar tafsilotlarini oshkor qilmagan bo‘lsa-da, tomonlar Ukraina bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib olgani ta’kidlanmoqda.

Qaynoq24.uz Tramp Ukrainaga tegishli hududlar yo‘qotilgani haqida bayonot bergani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.