AQSh Venesuela sohillari yaqinida Bella-1 nomli uchinchi neft tankerini qo‘lga oldi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda. Panama bayrog‘i ostida harakatlangan mazkur tanker Venesuela portiga neft yuklash uchun yo‘l olgan bo‘lgan. Kema AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan.
Bu Venesuela atrofida qo‘lga olingan uchinchi tanker hisoblanadi. Avvalroq AQSh harbiylari Centuries supertankerini to‘xtatgan, 10 dekabr kuni esa Skipper tankeri ushlangan edi.
The New York Times manbalariga ko‘ra, AQSh kuchlari Panama bayrog‘i ostida harakatlangan Centuries tankeriga aborda joriy etgan. Ushbu kema Venesuela neftini tashiyotgan bo‘lib, yuk Xitoydagi neftni qayta ishlash zavodlariga yetkazib berib kelgan yirik xitoylik neft treyderiga tegishli ekani aytilmoqda. Qayd etilishicha, Centuries AQShning rasmiy sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagan.
O‘tgan hafta AQSh prezidenti Donald Trump Venesuelaga kirib-chiqayotgan va sanksiyalarga tushgan barcha neft tankerlariga nisbatan “to‘liq blokada” e’lon qilgan edi.
Tramp ma’muriyatining Venesuela prezidenti Nicolas Maduroga nisbatan bosim siyosati mintaqadagi harbiy ishtirokni kuchaytirishni ham o‘z ichiga olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Tinch okeani va Karib dengizida Venesuela yaqinida yigirmadan ortiq harbiy amaliyotlar o‘tkazilgan. Ushbu harakatlar oqibatida kamida yuz nafar odam halok bo‘lgani aytilmoqda.
Qaynoq24.uz Venesuela AQShni neft tankerini o‘g‘irlashda ayblagani haqida yozgan edi.

