AQSh Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) O‘zbekistonlik 31 yoshli shaxsni hibsga oldi. Bu haqda Homeland Security xabar bermoqda.
U 9-noyabr kuni Kanzas shtatida yuk mashinasi haydab ishlayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Pensilvaniya shtati unga tijoriy haydovchilik guvohnomasi bergani ma’lum qilindi. Shuningdek, Bayden ma’muriyati unga 2024-yil yanvarda ish ruxsatnomasi ham bergan.
O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari unga 2022-yilda xalqaro qidiruv e’lon qilgan. U terroristik tashkilot a’zosi sifatida ayblanmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, u internetda jihod targ‘iboti tarqatgan va ekstremistik guruhlarga odam yollagan.
ICE xabariga ko‘ra, u 2023-yil fevralda AQShga noqonuniy kirgan. U chegarada qo‘lga olingan, keyin esa Bayden ma’muriyati tomonidan mamlakat ichkarisiga qo‘yib yuborilgan.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlagani haqida yozgan edi.

