AQShda qariyalar uyida kuchli portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Foto: AP
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQShning Pensilvaniya shtatida joylashgan qariyalar uyida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Fojia Filadelfiya shahri yaqinidagi Bristol Tounship hududida sodir bo‘lgan. Mahalliy vaqt bilan seshanba kuni soat 14:00 lar atrofida qariyalar uyida portlash yuz berib, binodan qalin qora tutun osmonga ko‘tarilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Pensilvaniya shtati gubernatori Josh Shapiro ikki nafar fuqaro halok bo‘lganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha aniq soni noma’lum bo‘lgan ayrim shaxslar bedarak yo‘qolgan hisoblanadi. Qutqaruvchilarning aytishicha, bino ichida odamlar qolib ketgan bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Foto: AP

Voqea joyidan olingan suratlarda binoning old qismi deyarli butunlay qulab tushgani, derazalarning aksariyati chil-parchin bo‘lgani ko‘rinadi. Portlash natijasida yong‘in ham kelib chiqqan.

Mahalliy yong‘in xizmati rahbari Kevin Dippolitoning ma’lum qilishicha, binoning birinchi qavatining ayrim qismlari yerto‘laga qulab tushgan. Favqulodda xizmatlar hodisa joyidan ko‘plab odamlarni olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan, biroq vayronalar ostida qolganlarni qidirish uchun maxsus texnika jalb etilgan.

Rasmiylar hodisani juda vayronkor deya baholamoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, portlash sabablari esa o‘rganilmoqda.

Qaynoq24.uz Xitoy AQShni yadroviy qurolsizlanishda ikkiyuzlamachilikda ayblagani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.