Kaliforniya sohilida tajribali triatletka va suzish klubi asoschisi Erika Foks suzish paytida bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Voqea 21-dekabr kuni Lavers-Poynt burni yaqinida Kelp Krawlers guruhi ishtirokidagi mashg‘ulot vaqtida sodir bo‘lgan. Suzuvchilar qirg‘oqqa qaytgach, 55 yoshli sportchi safdoshlari orasida topilmagan. Qidiruv ishlariga qayiqlar, dronlar, akvalangchilar va vertolyot jalb etilgan.
Qidiruv maydoni 155 kvadrat kilometrni tashkil etganiga qaramay, 15 soat davom etgan operatsiya natija bermagan va vaqtincha to‘xtatilgan. Rasmiylarga ko‘ra, sportchi akula hujumiga uchragan bo‘lishi mumkin.
Guvohlardan biri qirg‘oq xavfsizlik xizmati xodimlariga akula og‘zida inson tanasiga o‘xshash narsa ko‘rganini aytgan. Foksning jasadi hanuz topilmagan.
Sportchining otasi Jeyms Foks qizi ko‘p yillardan buyon uch triatlonlarda qatnashgani, «Pobeg iz Alkatraza» musobaqasida ham ishtirok etganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Foks okeanni yaxshi ko‘rgan va hayoti davomida akulalarni o‘rganish hamda himoya qilish bilan shug‘ullangan.
Qaynoq24.uz Peruda noyob chuqur suv akulasi qirg‘oqqa chiqib qolgani haqida yozgan edi.

