AQShda eng uzoq davom etayotgan hukumat shatdouni aviaqatnovlarda jiddiy uzilishlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda. Dushanba kuni 25 mingdan ortiq reysdan 1 623 tasi bekor qilindi. Bu kunlik jadvalning 6,3 foizi.
Havo harakati dispetcherlari shatdoun tufayli ketma-ket ikkinchi marta maosh olmadi. Prezident Donald Tramp ishga kelmayotgan dispetcherlarga maoshni kesish bilan tahdid qildi. Ishni tark etmaganlarga esa 10 ming dollar bonus tavsiya qilishini aytdi.
O‘tgan hafta Tramp ma’muriyati yuklama oshgani sababli 40 ta yirik aeroportda ichki reyslarni qisqartirishni boshlagan edi. 14-noyabrga qadar qisqartirish 10 foizga yetishi aytilgan.

Milliy havo harakati dispetcherlari assotsiatsiyasi dispetcherlar “sukutdagi qahramonlar” ekanini bildirdi. Ular minnatdorlikka loyiq ekani ta’kidlandi.
Hafta oxirida 18,5 mingdan ortiq reys kechikdi, 4,5 mingdan ko‘p parvoz bekor qilindi. Uzilishlar mintaqaviy reyslardan yirik aviakompaniyalarning asosiy yo‘nalishlariga ham o‘tdi. American Airlines 250 ming yo‘lovchi ta’sir ko‘rganini aytdi.
United va Delta styuardessalar va uchuvchilar uchun qo‘shimcha haq taklif qildi. Oddiyda bu chora kuchli bo‘ron yoki favqulodda vaziyatlarda qo‘llanadi.
Aviaqatnovdagi uzilishlar fonida avtomobil ijarasiga va xususiy aviacharterlarga talab oshdi. FAA xususiy aviaqatnovlarga ham cheklovlarni kuchaytirishni boshladi.
Dispetcherlar ish haqisiz qolayotgani xavfsizlikka bosimni kuchaytirdi. Ba’zilar qo‘shimcha ish qilishga majbur bo‘lmoqda. Tashkilot rahbari Nik Deniyels shatdoun xavfsizlikni pasaytirayotganini aytdi.
Senatda shatdounni tugatish bo‘yicha muzokara davom etmoqda, ammo moliyalashtirish hali tasdiqlanmagan. 2019-yilgi shatdoun davrida dispetcherlar orqaga to‘lovni 2,5 oy kutgan edi.
Shatdoun tugasa ham reyslarga cheklovlar darhol bekor qilinmaydi. FAA xavfsizlik ko‘rsatkichlariga qarab bosqichma-bosqich qaror qabul qiladi. Airlines esa jadvalni qayta tuzish va ekipajlarni joylashtirish uchun vaqt kerakligini bildirmoqda.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri AQShda Yamaykaga yordam olib ketayotgan samolyot qulab tushgani haqida yozgan edi.

