AQShning bir qator shaharlarida norozilik namoyishlari boshlandi

Foto: Videodan ekran tasviri
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQShning bir nechta shaharlarida keng ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishlarga Minnesota shtatining Minneapolis shahrida 37 yoshli ayolning migratsiya xizmati xodimi tomonidan otib o‘ldirilgani sabab bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, ayol ICE — AQSh Migratsiya va bojxona xizmati xodimi tomonidan otib tashlangan. Ushbu hodisa jamoatchilik orasida keskin norozilikka sabab bo‘lib, minglab odamlar ko‘chalarga chiqqan.

Namoyishchilar qo‘llarida “ICE ket sin” mazmunidagi shiorlar yozilgan plakatlarni ko‘tarib, halok bo‘lgan ayolning ismini hayqirib aytmoqda. Shuningdek, ular AQSh prezidenti Donald Trampning iste’fosini talab qilmoqda.

Norozilik aksiyalari faqat Minneapolis bilan cheklanib qolmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning boshqa yirik shaharlarida ham migratsiya siyosati va huquq-tartibot organlari faoliyatiga qarshi chiqishlar kuzatilmoqda. Ayrim hududlarda xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani aytilmoqda.

Rasmiy idoralar hozircha hodisa yuzasidan batafsil izoh bermagan. Tergov ishlari boshlangan, voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Qaynoq24.uz AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqishini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.