Arab davlatlariga mansub No Limits Sports investitsiya fondi O‘zbekiston futbol klublarini ham xarid qilish yoki hamkorlik asosida rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda fondning Yevroosiyo yo‘nalishi bo‘yicha prezidenti Vadim Andreyev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, fond bir qator davlatlarda, jumladan O‘zbekiston, Belarus, Gruziya va Qozog‘istonda joylashgan futbol klublarini tahlil qilmoqda. Hozirda 10–12 ta klub bo‘yicha chuqur tahlil olib borilishi rejalashtirilgan bo‘lib, keyinchalik investorlar uchun batafsil hisobot tayyorlanadi.
Andreyev ta’kidlashicha, fondni klublarning boy tarixi, hududiy qo‘llab-quvvatlanishi, infratuzilmasi va yosh futbolchilar tayyorlash tizimi qiziqtirmoqda. Ayniqsa, davlat-xususiy sheriklik asosida ishlash imkoniyati investitsiyalarni samarali yo‘naltirish va klub qiymatini oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Fond vakiliga ko‘ra, asosiy e’tibor yuqori yoki o‘rta ligalarda qatnashayotgan, lekin sport natijalari va tijoriy jozibadorligini oshirish salohiyatiga ega klublarga qaratiladi. Bunday loyihalar o‘rta muddatda investitsiya qaytimi va aktiv qiymatining sezilarli o‘sishini ta’minlashi mumkin.
Qaynoq24.uz Abduqodir Husanov eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgani haqida yozgan edi.

