Arda Gyuler — Turkiyaning eng iste’dodli yosh futbolchilaridan biri bo‘lib, hozirda “Real Madrid” safida to‘p surmoqda. Qaynoq24 Arda Gyuler haqida qiziqarli 5 ta fakt va futbolchining shaxsiyatini ochuvchi voqealarni taqdim etadi.
- Otasining noodatiy tarbiyasi uning chap oyog‘ini “mo‘jizaga” aylantirgan
- 12 yoshida penalti yo‘nalishini “sezgan” va darvozabonga yordam bergan
- Mesut O‘zilning 10-raqamini meros qilib olgani va Alexga bo‘lgan hurmati
- “Real”ga kelganida Raúlni tanimay qolgan — mashhur voqea
- Madridda 8 kg mushak qo‘shgan: shaxsiy murabbiylar jamoasi bilan ishlaydi
Otasining noodatiy tarbiyasi uning chap oyog‘ini “mo‘jizaga” aylantirgan

Arda Gyulerning chap oyog‘i bilan mahoratli o‘ynashi tug‘ma iste’dod bilangina emas, balki otasining bolalikdan bergan maxsus tarbiyasining ham mahsuli. Ümit Gyuler o‘g‘li endigina yurishni boshlagan davrdan boshlab, uning chap oyog‘i yoniga to‘plar qo‘yib, aynan shu oyoqda zarba berishga undagan. Oilada hech kim chap oyoqda o‘ynamasdi, ammo otasi Ardani ikki oyoqda birdek o‘ynaydigan futbolchi bo‘lishini xohlagan. Natijada Ardaning chap oyog‘i yoshligidan kuchli va aniq zarbalar berishga moslashdi va bugun “Real Madrid”dagi o‘ziga xos o‘yin uslubining markaziga aylandi.
12 yoshida penalti yo‘nalishini “sezgan” va darvozabonga yordam bergan

2018 yilda, 12 yoshli Arda “Genchlerbirligi” akademiyasi safida to‘p tashuvchi sifatida ishlayotgandi. “Trabzonspor” foydasiga penalti belgilangan pallada u darvoza ortida turib, zarba qaysi tomonga yo‘llanishini fahmladi. Gyuler darvozabon Johannes Xopfga qichqirib, zarba o‘ng burchakka ketishini aytdi. Kiper bolakayning maslahatiga amal qildi va penalti zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Bu voqea Gyulerning yoshligidanoq maydonni «o‘qish» qobiliyati yuqori bo‘lganini ko‘rsatgan ilk ishonchli dalillardan biri edi.
Mesut O‘zilning 10-raqamini meros qilib olgani va Alexga bo‘lgan hurmati

Arda Gyuler katta futbolda ilk qadamlarnigoq Afsonaviy futbolchilar so‘yasida qo‘ydi. Mesut O‘zil “Fenerbahçe”ni tark etganida, klub ramziy ma’noga ega bo‘lgan 10-raqamni aynan Ardaga topshirdi. Bu raqam klub tarixida alohida o‘rin tutadi — bir paytlar uni braziliyalik afsona Alex de Souza yelkalarida ko‘targan. Gyuler bolaligidan Alexning o‘yinlariga mahliyo bo‘lib ulg‘aygan. 17 yoshli yigit uchun bunday mas’uliyat juda og‘ir bo‘lsa-da, u bosimni yengib, tez orada muxlislar ishonchini oqladi.
“Real”ga kelganida Raúlni tanimay qolgan — mashhur voqea

Madridga kelgan ilk haftalarida Arda Gyuler kulgili, ammo unutilmas vaziyatga duch kelgan. Mashg‘ulotda Karlo Anchelotti uning yoniga “Bu — Raúl”, deya “Real” afsonasini tanishtiradi. Ammo yosh futbolchi bunga ishonmay, bu shunchaki hazil deb o‘ylaydi. Toni Kroos ham, Luka Modrić ham bu qo‘shma hazilni davom ettirganidan keyingina Arda uning rostdan ham o‘sha mashhur Raul Gonsales Blancoligini tushunib yetadi. Yosh futbolchining beg‘ubor reaktsiyasi butun jamoani kuldirgan va Ardaga tezda muhitga moslashishda yordam bergan.
Madridda 8 kg mushak qo‘shgan: shaxsiy murabbiylar jamoasi bilan ishlaydi

Gyuler “Real Madrid”ga kelgach, jismoniy tayyorgarlikni yuqori darajaga olib chiqish uchun katta mehnat qildi. U maxsus ovqatlanish rejimi, shaxsiy jismoniy tayyorgarlik murabbiyi, fizioterapevt va oshpaz bilan ishlamoqda. Ispaniya nashrlarining yozishicha, Arda bir necha oy ichida 8 kilogramm sof mushak massasini qo‘shgan. Avval 62 kg atrofida bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 70 kg dan oshgan. Yosh futbolchi uchun bunday professional “shtab” bilan ishlash noodatiy bo‘lsa-da, u eng yuqori darajadagi futbolda muvaffaqiyat qozonish uchun bu yo‘lni tanlagan.
Qaynoq24.uz Ronaldu haqida qiziqarli 5 ta fakni yozgan edi.

