Argentina va Ispaniya o‘rtasidagi Finalissima 2026-yil 28-mart kuni Dohada bo‘lib o‘tadi

Foto: Derechadiario
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Argentina va Ispaniya o‘rtasidagi Finalissima 2026-yil 28-mart kuni Dohadagi Lusail stadionida o‘tkaziladi. Bu haqda Derechadiario nashri xabar bermoqda.

Ispaniyaning Marca nashri xabariga ko‘ra, Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) va Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) allaqachon FIFA bilan uchrashuv tafsilotlarini yakunlash ustida ishlayapti. O‘yin mart oyidagi xalqaro tanaffus doirasida o‘tkaziladi. FIFA bu sanani boshqa xalqaro uchrashuvlardan to‘liq ozod qilishni rejalashtirmoqda.

So‘nggi oylar ichida Wembley, Mayami, Riyod va Montevideo kabi stadionlar variant sifatida ko‘rib chiqilgan. Ammo tanlov Doha foydasiga hal bo‘ldi. Buning sabablari sifatida iqlimning qulayligi, ikkala mamlakat uchun neytral joy bo‘lishi bilan bog‘liq ekani keltirilmoqda. Shuningdek, FIFA prezidenti Janni Infantinoning asosiy qarorgohi ham Dohada joylashgani qarorga ta’sir qilgani aytilmoqda.

Shu tariqa Lusail yana bir bor yirik futbol voqeasiga mezbonlik qiladi. Argentina bu stadionda 2022-yil 1-iyun kuni Italiyani 3:0 hisobida mag‘lub etib qo‘lga kiritgan Finalissima chempionligini himoya qiladi, Ispaniya esa bu sovrinni ilk bor yutishga harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, Finalissima — bu Yevropa va Janubiy Amerika chempionlari o‘rtasidagi maxsus o‘yin, ya’ni ikki qit’aning eng kuchli terma jamoalari o‘rtasidagi “superkubok”.

Turnirning aniq davriyligi qat’iy belgilanmagan, chunki u Yevropa chempionati (EURO) va Janubiy Amerika chempionati (Copa América) taqvimiga bog‘liq.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.