O‘zbekistonda arxiv xizmatlari ko‘rsatish muddati 2026-yil 1-martdan boshlab sezilarli darajada qisqartiriladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma’lum qildi.
O‘zgarishlarga ko‘ra, arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini chet elga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma endi 5 ish kunida rasmiylashtiriladi. Yaroqsiz holga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash muddati esa 10 ish kuniga tushiriladi.
Shuningdek, oliy yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomalarini olish 2 ish kunida amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish xizmati esa endi 1 ish kunida bajariladi. Mazkur tartiblar Prezidentning 2025-yil 24-noyabrdagi PF-228-son Farmonida belgilangan.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari ishlash uchun haq to‘lash tartibi yangilangani haqida yozgan edi.

