Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy F70e 5G smartfonini rasman taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi. Qurilma o‘rtacha segment uchun mo‘ljallangan va muhim funksiyalar bilan jihozlangan.
Smartfon 6,7 dyuymli HD+ ruxsatga ega LCD ekran oldi. Ekran yangilanish chastotasi 120 Hz. Eng yuqori yorqinlik darajasi 800 nitni tashkil etadi.
Orqa panel sun’iy charm bilan qoplangan. Qurilma MediaTek Dimensity 6300 protsessori asosida ishlaydi. Operativ xotira 6 GB gacha, doimiy xotira esa 128 GB gacha yetadi.
Galaxy F70e Android 16 tizimi asosida ishlaydi. Unda One UI 8 interfeysi o‘rnatilgan. Samsung smartfon uchun olti marotaba yirik operatsion tizim yangilanishini va’da qilgan.

Qurilma 6000 mA/soat sig‘imga ega batareya bilan jihozlandi. Sim orqali tezkor quvvatlash quvvati 25 Vt. Asosiy kamera 50 Mp. Unga 2 Mp chuqurlik sensori yordam beradi. Old kamera 8 Mp.
Smartfon ikki diapazonli Wi-Fi va Bluetooth 5.4 ni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmada ikki SIM-karta uchun joy mavjud. Barmoq izi skaneri mavjud. 3,5 mm audio ulagich saqlab qolingan. Chang va suvdan himoya darajasi IP54.

Samsung Galaxy F70e 5G savdosi 17-fevraldan boshlanadi. Narx hozircha e’lon qilinmadi.
Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S26 Ultra narxi ma’lum bo‘lgani haqida yozgan edi.

