Atyrauda bomba haqidagi hazil gap aeroport ishini vaqtincha to‘xtatdi

Foto: Halyqstan
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

9-noyabr kuni Atyrau aeroportida bir yo‘lovchining noo‘rin hazili katta sarosimaga sabab bo‘ldi. Bu haqda Inbusiness.kz xabar bermoqda.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida xodimning oddiy savoliga u qo‘l yukida bomba borligini aytgan. Xodimlar tartibga qat’iy amal qildi va darhol bino to‘sib qo‘yildi, barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi.

Video: Ijtimoiy tarmoq

Hodisa sabab bir nechta reyslar kechiktirilgan. Maydonga kinologlar va politsiya yetib kelgan. Tekshiruv natijasiga ko‘ra hech qanday portlovchi vosita topilmagan. Hazil qilgan fuqaro qo‘lga olinib, holat bo‘yicha surishtiruv boshlangan.

Video: Ijtimoiy tarmoq

Aeroport faoliyati qisqa to‘xtalishdan so‘ng odatiy tartibda davom etgan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Qozog‘istonda 2,5 ming yillik sak jangchisining qabri topilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.