Aviator savdo markazidagi yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Ijt.tarmoq
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent shahridagi Aviator savdo markazida yuz bergan yong‘in holati bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, tergov jarayoni mansab vakolatini suiiste’mol qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish alomatlari asosida olib borilmoqda.

Yong‘in 31-yanvar kuni savdo markazining ikkinchi qavatida sodir bo‘lgan. Ushbu hududda bolalar maydonchasi va umumiy ovqatlanish joylari joylashgan edi. Gazeta.uz xabariga ko‘ra, hodisa vaqtida ikkinchi qavatda yong‘in signalizatsiyasi va avtomatik o‘chirish tizimi ishlamagan.

Voqea joyiga qariyb 200 nafar qutqaruvchi va o‘nlab maxsus texnika jalb etilgan. Yong‘inni o‘chirish jarayonida savdo markazi atrofidagi avtomobil harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Yong‘in to‘liq bartaraf etilgach, majmua hududida 2023-yilda tug‘ilgan qizaloqning jasadi topilgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz Yakkasaroy tumanidagi qurilish obyektida yong‘in yuz bergani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.