Bangladeshda yo‘lovchi avtobusi daryoga tushib ketishi oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Indiatoday nashri xabar bermoqda. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar ham bor.
Fojia Rajbari hududidagi Daulatdia parom terminalida yuz berdi. Avtobus paromga chiqayotgan paytda boshqaruvni yo‘qotgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan 17:15 atrofida sodir bo‘lgan. Avtobusda taxminan 40 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Guvohlar aytishicha, pontonga kichik kema urilgan. Shu sabab haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtobus daryoga tushib ketgan. Yo‘lovchilarning aksariyati Ramazon hayitidan so‘ng poytaxt Dakkaga qaytayotgan edi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Rasmiylar qurbonlar soni yana ortishi mumkinligini bildirmoqda.
Qaynoq24.uz Shveysariyaning g‘arbida avtobusda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

