O‘zbekistonda kredit tashkilotlarida xizmat sifati endi maxfiy tarzda baholanadi. Adliya vazirligi “sirli mijoz” usulida nazorat o‘tkazish tartibini tasdiqladi. Mazkur hujjat 23-dekabr 2025-yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Nizomga ko‘ra, bank va kredit tashkilotlarida iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayoni yashirin kuzatuv orqali tekshiriladi. “Sirli mijoz” oddiy mijoz sifatida murojaat qiladi va xodimlarning muomala darajasi hamda xizmat talablarga mosligini baholaydi. Tadbirni Markaziy bank yoki uning hududiy filiallari xodimlari amalga oshiradi.
Muhimi, kredit tashkilotlari tekshiruv haqida oldindan ogohlantirilmaydi. Nazorat jarayoni 3 ish kunigacha davom etishi mumkin, ayrim holatlarda esa xizmat tugaguncha davom etadi. Jarayon yakunlangach, “sirli mijoz” maxsus dalolatnoma tuzadi va natijalar bo‘yicha xulosa rasmiylashtiriladi.
Yangi tizim bank xizmatlari sifatini oshirish, mijoz huquqlarini himoyalash va xizmat ko‘rsatish madaniyatini kuchaytirishga qaratilgan.
Qaynoq24.uz o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylar uchun yakuniy xulosa berish muddati 50 kungacha qisqartirilishi haqida yozgan edi.

