Rossiyalik reper Basta Toshkentdagi konsert sanasini o‘zgartirdi. Dastlab 15-fevralga belgilangan chiqish texnik nosozlik sabab 17-fevralga ko‘chirildi. Bu haqda xonanda Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Samolyotda texnik muammo yuzaga kelgan. Shu sabab bort Olmaota aeroportiga qaytgan. San’atkor Olmaotada 12-fevral va 14-fevral kunlari konsert bergan.
Toshkentdagi tadbir poytaxtdagi Yunusobod Arenada o‘tkaziladi. Konsert 20:00 da boshlanadi.
Chipta narxlari 350 ming so‘mdan 2 mln so‘mgacha. Avvalgi sanaga sotib olingan chiptalar amal qiladi.
Basta, asl ismi Vasiliy Vakulenko, Rossiyada mashhur reper hisoblanadi. U 2000-yillarda tanilgan. Xonanda produserlik bilan ham shug‘ullanadi va Gazgolder leyblining hammuassisi sanaladi. Shuningdek, u The Voice loyihasida murabbiy sifatida ishtirok etgan.
Qaynoq24.uz «Oskar» mukofotiga nominatsiyalari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

