Belgiya ilk bor Toshkentda elchixonasini ochadi

Foto: Dreamstimes
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Belgiya Toshkent shahrida o‘z elchixonasini ochadi. Bu qaror mamlakatning tashqi siyosiy tarmog‘ini yangilash va kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida qabul qilindi.

Belgiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Markaziy Osiyo strategik ahamiyatga ega hudud sifatida ko‘rilmoqda.

Belgiyalik diplomatlar Markaziy Osiyo bilan aloqalarni kuchaytirish orqali global jarayonlardan chetda qolmaslikni maqsad qilayotganini ta’kidladi.

Toshkentdagi elchixona bilan birga Belgiya yana to‘rtta yangi diplomatik vakillik ochadi:

  • Albaniyaning Tirana shahri
  • Namibiyaning Vindhuk shahri
  • Oman poytaxti Maskat
  • Afrika Ittifoqi huzuridagi doimiy vakillik Addis-Abebada

Shu bilan birga, Belgiya sakkizta vakolatxonasini yopadi. Ular orasida Sarayevo, Konakri, Bamako va Kuvaytdagi elchixonalar, Mozambikdagi diplomatik ofis, shuningdek Gavana, Rio-de-Janeyro va Guanchjoudagi konsulxonalar bor.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish bo‘yicha bitim ma’qullangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.