Bill Geyts 2 nafar rossiyalik ayol bilan aloqalari bo‘lganini tan oldi

Foto: NPR
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Milliarder Bill Geyts 2 nafar rossiyalik ayol bilan aloqalari bo‘lganini tan oldi. Bu haqda fond vakili Reuters agentligiga yozma bayonotda bildirgan.

Bayonot The Wall Street Journal nashrida e’lon qilingan xabardan so‘ng berildi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Geyts ichki yig‘ilish vaqtida xodimlardan uzr so‘ragan va Epshteyn bilan uchrashgani katta xato bo‘lganini tan olgan. U, shuningdek, fond rahbarlarini ham ushbu uchrashuvlarga jalb qilgani noto‘g‘ri qaror bo‘lganini aytgan.

AQSh Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan hujjatlarda Geyts va moliyachi Jefri Epshteyn qamoq jazosini o‘tab chiqqanidan keyin bir necha bor uchrashgani qayd etilgan. Uchrashuvlar, asosan, xayriya faoliyatini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangani aytiladi.

Wall Street Journal yozishicha, Geyts xodimlarga murojaat qilib, o‘zining ikki nafar rossiyalik ayol bilan munosabati bo‘lganini tan olgan, biroq bu holatlar Epshteyn qurbonlariga aloqador emasligini bildirgan. “Men noqonuniy ish qilmaganman va noqonuniy hech narsa ko‘rmaganman”, degan u yig‘ilishda.

Qaynoq24.uz Jeff Bezosning sobiq turmush o‘rtog‘i Makkenzi Skott Amazon’dagi ulushini 12,6 milliard dollarga kamaytirgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.