Ayrim bojxona postlari tugatiladimi

Foto: Gazeta.uz
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda bir nechta bojxona postlari tugatilmaydi. Ayrim chegara punktlarida avtotransport vositalarini ko‘zdan kechirish ishlari tajriba tariqasida faqat chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur tartib quyidagi chegara va bojxona punktlarida joriy etiladi: “Bobotog‘”, “Uchturg‘on”, “Pop”, “Rovot”, “Rishton” hamda “Bekobod auto”.

Shuningdek, masofaviy elektron deklaratsiyalash (MED) tizimi qayta tashkil etiladi. Shu munosabat bilan Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent va Farg‘onadagi MED postlari yopiladi.

Bu ushbu bojxona postlari tugatilishigi anglatmaydi.

Aksincha, bir birini takrorlovchi funksiyalarning qisqartirilishi hisobiga ayrim bojxona nazorati tartib-taomillari chegara qo‘shinlariga o‘tkazilishini anglatadi.

Qaynoq24.uz bojxona bo‘yicha taqiq va cheklovlar uch oy oldin e’lon qilinishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.