Bir nechta hududda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Bir nechta hududda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Bekobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro G.D. “Xos” MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 180 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Oqdaryo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “H.I.” oilaviy korxonasi rahbari A.S. «Temirak» MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 129,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Foto: Departament

Shuningdek, Departamentning Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.B. “Qo‘shqoton” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 102,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz Farg‘onada aksiz markasiz tamaki olib o‘tayotgan shaxs ushlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.