“Biznes hamroh” loyihasi joriy etiladi

Foto: Lukas / Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda “Biznes hamroh” loyihasi joriy etiladi. Prezidentning “Tadbirkorlik subyektlariga davlat, professional, konsalting, moliyaviy, injiniring, marketing, media, IT va operatsion xizmatlarni kompleks ko‘rsatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorda tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqish asosiy maqsad etib belgilangan. Xususan, 1000 dan ortiq davlat va xususiy xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida taqdim etish orqali tadbirkorlarga to‘liq va uzluksiz hamrohlik qilish tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita joyida eshitish, muhokama qilish va tezkor hal etishga qaratilgan mutlaqo yangi muloqot maydonini yaratish maqsad qilingan.

Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlik faoliyatiga oid davlat xizmatlari hamda ayrim xususiy xizmatlarni tadbirkorlarga “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatishga qaratilgan “Biznes hamroh” loyihasi amalga oshiriladi.

Mazkur loyiha doirasida Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etiladigan mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan boshqariladigan “Biznes hamroh” markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Dastlabki bosqichda ushbu markazlar Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek, barcha viloyat markazlarida bittadan tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, “Biznes hamroh” loyihasi tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratish, xizmatlardan foydalanish jarayonini soddalashtirish hamda biznesni rivojlantirishda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qaynoq24.uz davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash grafigi qanday to‘ldirilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.