Taniqli bloger va televeboshlovchi Husnora Shadiyeva Instagram’da tarqalgan homiladorlik haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda bunday holat haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

“Yo‘q. Hayron qolaman ba’zan. Nima uchun men homilador bo‘lishim kerak? Turmushga chiqmadim-ku. Yoki munosabatlarim bormi? Hatto bo‘yim 170 sm, vaznim 49 kg bo‘lsa ham, baribir odamlar xoxlaganini ko‘radi”, — degan bloger.
Qaynoq24.uz nashri avvalroq Selena Gomes va Benni Blanko to‘ylaridan keyin ilk bor omma oldida ko‘rinish bergani haqida yozgan edi.

