BMT Qirg‘izistonga o‘lim jazosi qaytarilmasligini tavsiya qildi

Foto: Reuters
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk Qirg‘iziston hukumatini o‘lim jazosini qayta joriy etish rejasidan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda tashkilot saytida ma’lum qilindi. U bu tashabbus mamlakatning xalqaro majburiyatlariga zid bo‘lishini ta’kidlagan.

Qirg‘iziston 1998-yilda o‘lim jazosi ijrosini to‘xtatgan, 2010-yilda esa uni butunlay bekor qilib, Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro paktga qo‘shimcha bo‘lgan Ikkinchi fakultativ protokolni ratifikatsiya qilgan. Ushbu hujjat mamlakatlarni o‘lim jazosidan to‘liq voz kechishga majbur etadi.

Ammo sentabr oyida 17 yoshli qiz Oysuluv Mukashevaning zo‘rlanishi va o‘ldirilishi bilan bog‘liq fojiali voqeadan so‘ng, ayrim siyosatchilar Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish taklifini ilgari surishdi. Unga ko‘ra, voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘rlash va o‘ldirish jinoyatlari uchun o‘lim jazosi qayta tiklanishi, shuningdek, Qirg‘iziston protokoldan chiqishi mumkin.

Folker Tyurk / Foto: Getty images

Bu tashabbuslar referendumga qo‘yilishi va agar xalq tomonidan ma’qullansa, parlament ko‘rib chiqishiga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

BMT vakillari eslatishicha, xalqaro paktlar va protokollar davlatlarga bu kabi majburiyatlardan chiqish imkonini bermaydi. Shu sababli, Qirg‘iziston ularni ratifikatsiya qilgan holda o‘lim jazosini qayta joriy eta olmaydi.

Ma’lumot uchun, dunyoda taxminan 55 ta davlat va hududda hozir ham qonunda yoki amaliyotda o‘lim jazosi saqlanib qolgan. Shuningdek, o‘lim jazosi to‘liq bekor qilingan yoki amalda qo‘llanilmayotgan davlatlar soni esa 140 dan ortiq mamlakatni tashkil etadi.

Qaynoq24.uz nashri Qirg‘iziston meneral suvining O‘zbekistonga savdosi keskin oshgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.