Bojxona qiymati deklaratsiyasining to‘ldirilish tartibi belgilandi

Foto: Bojxona qo‘mitasi
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasi to‘ldirilish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Yo‘riqnomaga ko‘ra, bojxona qiymati deklaratsiyasi elektron shaklda yoki qog‘ozda to‘ldiriladi. Undagi barcha ma’lumotlarning to‘g‘riligi elektron raqamli imzo bilan, qog‘oz shakli esa deklaratsiyani taqdim etayotgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.

Deklaratsiya ikki asosiy varaqdan iborat bo‘ladi. Birinchi varaqda deklaratsiya qilinayotgan barcha tovarlarga oid umumiy ma’lumotlar keltiriladi. Ikkinchi varaqda esa tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda qo‘llanilgan ma’lumotlar hamda bojxona qiymati miqdorining hisob-kitoblari aks ettiriladi.

Deklaratsiya taqdim etilgach, bojxona organi mansabdor shaxsi hujjatning to‘g‘ri to‘ldirilganini va tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini dastlabki tartibda tekshiradi. Agar dastlabki tekshiruv davomida kamchiliklar aniqlansa, ular darhol deklaratsiya beruvchi shaxsga ma’lum qilinadi va ular bartaraf etilishi talab etiladi. Kamchiliklar bo‘lmasa, deklaratsiyani rasmiylashtirish jarayoni belgilangan tartibda davom ettiriladi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri havo tozalagichlar bojxona bojidan ozod etilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.