Bolgariya Prezidenti iste’foga chiqishini e’lon qildi

Foto: AP Photo/ Valentina Petrova
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Bolgariya Prezidenti Rumen Radev iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda DW mahalliy nashrlarga tayanib xabar bermoqda. Mamlakatda keyingi uch oy ichida muddatidan oldin parlament saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu Bolgariyada so‘nggi besh yil ichida sakkizinchi parlament saylovi bo‘ladi.

Radev 20-yanvar kuni rasman lavozimini tark etadi. Uning vakolatlarini saylovlar o‘tkazilguniga qadar vitse-prezident Iliana Yotova bajaradi. Radevning amaldagi prezidentlik muddati 2026-yilda yakunlanishi kerak edi. U Bolgariya 1991-yilda mustaqillikka erishganidan buyon iste’foga chiqqan ilk prezident bo‘lib tarixga kirdi.

Xalqga murojaatida Radev mamlakat kelajagi uchun kurash hali oldinda ekanini aytdi. U bolgar jamiyati bunga tayyor ekanini va natijaga erishish mumkinligini ta’kidladi.

Bolgariya Yevropa Ittifoqi va NATO a’zosi hisoblanadi. Mamlakat 2026-yil 1-yanvardan boshlab yevroni rasmiy valyuta sifatida qabul qilgan. So‘nggi oylarida hukumatga qarshi korrupsiyaga oid norozilik namoyishlari avvalgi markaz-o‘ng hukumatning qulashiga olib kelgan.

Sobiq prezident yangi tashkil etiladigan saylovlarda ishtirok etishi mumkinligini istisno etmadi. Ayrim manbalarga ko‘ra, u yangi siyosiy partiya tuzishi ehtimoli ham bor. Radevning ta’kidlashicha, Bolgariyada chap va o‘ng qarashlardan qat’i nazar barcha demokratlarni birlashtira oladigan siyosiy kuch zarur.

Radev mamlakatdagi qashshoqlik, noroziliklar va siyosiy institutlarga ishonchsizlikni “noto‘g‘ri boshqaruv modeli” oqibati sifatida baholadi. Transparency International tashkiloti Bolgariyani Yevropa Ittifoqidagi eng korrupsiyalashgan davlatlardan biri sifatida qayd etib keladi.

Qaynoq24.uz Bolgariya o‘zbekistonlik quruvchilarni ishga taklif qilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.