Braziliyadagi Ozodlik haykali qulab tushdi

Foto: Meja
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Braziliyaning Guaiba shahrida kuchli bo‘ron oqibatida Ozodlik haykalining qariyb 40 metr balandlikdagi nusxasi qulab tushdi. Hodisa 16-dekabr kuni tushdan keyin, kuchli shamollar janubiy hududlarni qamrab olgan paytda sodir bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Ma’lum qilinishicha, haykal savdo markazi — Havan chakana savdo megado‘koni avtoturargohida, tezkor ovqatlanish shoxobchasi yaqinida o‘rnatilgan bo‘lgan. Kuchli shamol haykalga urilib, uni avval egib yuborgan, so‘ng inshoot qulab, bir necha bo‘lakka parchalanib ketgan. Tasvirlarda haykal bosh qismi yerga urilishi natijasida butkul vayron bo‘lgani aks etgan.

Ozodlik haykali nusxasining umumiy balandligi 114 fut (taxminan 35–40 metr)ni tashkil etgan. Kompaniya vakillarining bildirishicha, qulash jarayonida faqat 24 metrli yuqori qismi shikastlangan, 11 metrli poydevor esa saqlanib qolgan.

Havan kompaniyasi haykal 2020-yildan buyon o‘rnatilganini va barcha zarur texnik sertifikatlarga ega bo‘lganini ta’kidladi. Hodisadan so‘ng hudud darhol o‘rab olingan, xaridorlar va xodimlar xavfsizligi ta’minlangan. Maxsus brigadalar bir necha soat ichida vayronalarni olib tashlash ishlarini boshlagan.

Guaiba shahri meri Marselo Maranata qurbonlar yo‘qligini tasdiqlab, favqulodda xizmatlarning tezkor harakatlarini yuqori baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hudud davlat Fuqarolik mudofaasi xodimlari bilan hamkorlikda tekshirilib, qo‘shimcha xavf manbalari aniqlangan.

Qaynoq24.uz Messi uchun Hindistonda haykal o‘rnatilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.