Britaniya shahzodasi Endryu unvonidan mahrum qilindi

Foto: People
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Britaniya qiroli Karlning ukasi shahzoda Endryu o‘zining unvonidan mahrum qilindi. U Vindzordagi hashamatli Royal Lodge qarorgohini tark etadi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Qaror so‘nggi haftalarda uning Jeffrey Epstein bilan bog‘liq janjallar ortidan qabul qilingan.

Bukingem saroyining rasmiy bayonotida aytilishicha, endilikda u Endryu Mountbatten Uindsor nomi bilan taniladi. Shu bilan birga, u avvalroq o‘zining York gersogi unvonidan ham voz kechgan edi.

Royal Lodge qarorgohi / Foto: Shutterstock

Ushbu o‘zgarish Virjinia Giuffrening yaqinda chop etilgan memuaridan so‘ng yuz berdi. Kitobda Giuffre o‘smirlik chog‘ida uch marta shahzoda bilan jinsiy aloqa qilganini ta’kidlagan. Endryu esa bu ayblovlarni qat’iyan rad etib kelmoqda.

Qirol Karlning bayonotida shunday deyiladi:

“Bugun shahzoda Endryuning barcha unvon, sharaf va maqomlarini bekor qilish jarayoni rasman boshlandi”.

Shu bilan birga, unga Royal Lodge bo‘yicha ijara shartnomasini topshirish to‘g‘risida rasmiy bildirishnoma yuborilgan.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.