BTS beshinchi albomi va jahon gastrolini e’lon qildi

Foto: CNN
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

BTS beshinchi albomi 2026-yil 20-mart kuni taqdim etiladi. Bu haqda BTS guruhi leybli BIGHIT MUSIC rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

Yangi albom BTS uchun so‘nggi uch yil va to‘qqiz oydan keyingi ilk to‘liq formatdagi ish bo‘ladi. Unda jami 14 ta qo‘shiq jamlangan. Albom guruh faoliyatida yangi bosqichni boshlab berishi qayd etilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, albomdagi barcha qo‘shiqlarni yaratishda yetti nafar ishtirokchining barchasi bevosita qatnashgan. Asarlar so‘nggi yillarda boshdan kechirilgan shaxsiy tajribalar, his-tuyg‘ular va qiyinchiliklar asosida yozilgan.

Leybl bayonotida aytilishicha, albom muxlislar — ARMY uchun tayyorlangan shaxsiy va samimiy loyiha hisoblanadi. Unda BTS’ning asl musiqiy uslubi va hikoyalari aks etadi hamda muxlislarga minnatdorlik ifodalanadi.

Qaynoq24.uz «Muhtasham yuz yil» seriali haqida qiziqarli faktlarni yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.