Buyuk Britaniya: Navalniy zahar orqali o‘ldirilgan

Foto: AP News
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Buyuk Britaniya va bir qator Yevropa davlatlari rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy zahar yordamida o‘ldirilganini bildirdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Bayonotga ko‘ra, u Janubiy Amerikadagi zaharli qurbaqa toksinidan tayyorlangan modda bilan zaharlangan.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Ivett Kuper Myunxen xavfsizlik konferensiyasida so‘zga chiqib, bunday zahardan foydalanish uchun imkon, sabab va sharoit faqat Rossiya davlatida bo‘lganini qays etgan. Uning aytishicha, Navalniy qamoqda bo‘lgan paytda zaharlangan.

Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiya qo‘shma bayonot e’lon qildi. Unda epibatidin nomli o‘ta xavfli neyrotoksin Navalniy tanasida aniqlangani ta’kidlandi. Bu modda Janubiy Amerikadagi ayrim zaharli qurbaqalarda tabiiy uchraydi. Rossiyada u tabiiy holda mavjud emas.

Buyuk Britaniya mazkur holatni Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotiga ma’lum qildi. London Rossiya Kimyoviy qurollar konvensiyasini buzgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Navalniy 2024-yil 16-fevral kuni Sibir koloniyasida 47 yoshida vafot etgan. U korrupsiyaga qarshi kurashuvchi va Kremlning keskin tanqidchilaridan biri edi. 2020-yilda u “Novichok” moddasi bilan zaharlangan, keyin Germaniyada davolangan va Rossiyaga qaytgach hibsga olingan.

Navalniyning rafiqasi Yuliya Navalnaya avval ham eri zaharlanganini bildirgan edi. U Yevropa davlatlariga ikki yillik tekshiruv uchun minnatdorlik bildirgan.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.