Buyuk Britaniya qiroli Karl III saraton bilan kurashayotganini ma’lum qildi

Foto: CNN
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Buyuk Britaniya qiroli Karl III saraton kasalligini davolash jarayoni ijobiy kechayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u “Saraton kasalligiga qarshi kurash – 2025” umumxalq aksiyasi doirasida e’lon qilingan maxsus videomurojaatida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda AP News.

77 yoshli monarxning ta’kidlashicha, kasallikning erta aniqlanishi hayotni saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan erta tashxis qo‘yilgani sababli shifokorlar kelgusi yilda davolash hajmini kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda qirolning davolanish jarayoni “profilaktik bosqich”ga o‘tgan.

Karl III aholiga murojaat qilib, saraton kasalligini erta aniqlashga yordam beruvchi skrining dasturlaridan faol foydalanishga chaqirdi. U bunday tekshiruvlar kasallikni dastlabki bosqichda aniqlash va muvaffaqiyatli davolanish imkoniyatini oshirishini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, qirol avvalroq ham saraton bilan kurash tajribasi haqida ochiq gapirishga qaror qilgan va bu orqali keng ko‘lamli xayriya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Qaynoq24.uz Britaniya shahzodasi Endryu unvonidan mahrum qilingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.