Chet tillari markazlarini ochishda qanday imtiyozlar bor

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochishda beriladigan imtiyozlar doirasi kengaytiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Hujjatga muvofiq, yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalar reyestri joriy etiladi. Ushbu reyestrga kiritilgan korxonalar ilmiy tadqiqot natijalari asosida mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, ularga va xodimlariga amaldagi imtiyozlar qo‘llanadi. Agar mahsulot patentlanmagan ilmiy ishlanmalarga asoslangan bo‘lsa, bunday korxonalar 2026-yil 1-maydan 2029-yil 1-maygacha foyda solig‘ini 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘laydi.

Shuningdek, 2026-yil 1-maydan boshlab olimlar va tadbirkorlar tomonidan davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan ishlanmalar bo‘yicha tajriba-sinov xarajatlarining bir qismi maxsus jamg‘arma hisobidan qoplanadi.

Yangi tartibga ko‘ra, xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi sertifikatga ega yoshlar uchun beriladigan imtiyozlar ham kengaytiriladi. Endilikda uzoq va borish qiyin hududlarda chet tillari markazlarini ochish uchun ajratiladigan foizsiz ssudalar 30 yoshdan oshgan shaxslarga ham tatbiq etiladi.

Mazkur ssudalar 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga beriladi. Ularning maksimal miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha etadi. Ushbu choralar orqali hududlarda ta’lim infratuzilmasini kengaytirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish maqsad qilinmoqda.

Qaynoq24.uz Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.