Chexiyaning g‘arbiy hududida arxeologlar erta temir davriga oid yirik xazinani aniqladi. Bu haqda ECO News nashri xabar bermoqda. Topilmalar orasida oltin va kumushdan yasalgan yuzlab mayda tangalar bor. Shuningdek, qimmatbaho metall bo‘laklari va turli bezaklar ham topilgan.
Mutaxassislar topilmalar yoshini taxminan ikki yarim ming yil deb baholamoqda. Ular Markaziy Yevropada kelt qabilalari faol bo‘lgan davrga mansub. Loyiha rahbari, Chexiya Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori Yan Marik bunga izoh berdi.
Unga ko‘ra, asosiy maqsad noqonuniy qazuvchilar sabab yo‘qolish xavfidagi topilmalarni saqlab qolish bo‘lgan. Hududda doimiy yashash joylari izlari topilmadi. Bu yer mavsumiy bozor yoki marosimlar o‘tkazilgan maskan bo‘lishi mumkin.
Olimlar fikricha, bu joyda odamlar savdo qilgan va o‘zaro hisob-kitob qilgan. Qora kovlovchilardan himoya qilish uchun qazilma joyi manzili sir saqlanmoqda. Topilmalarning bir qismi Plzen o‘lkasidagi muzey va galereyada namoyish etildi.
Eng qimmat buyumlar esa maxsus himoyalangan joyda saqlanmoqda. Olimlar metall kelib chiqishi va buyumlar uslubini hali chuqur tahlil qiladi. Bu tadqiqotlar qadimgi savdo yo‘llari haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirishi mumkin.
Qaynoq24.uz Qozog‘istonda 2,5 ming yillik sak jangchisining qabri topilgani haqida yozgan edi.

