Chilonzorda “Monza” piyodani urib yubordi

Foto: iStock
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkentning Chilonzor tumanida 4-dekabr kuni kechqurun yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Soat 19:00 atrofida Cho‘ponota ko‘chasida harakatlanayotgan Monza rusumli avtomobil haydovchisi tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida piyodaga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Tergovga qadar surishtiruv ishlari Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan olib borilmoqda.

Huquq-tartibot organlari barcha yo‘l harakati qatnashchilarini qoidalarga qat’iy rioya etishga chaqirmoqda.

Qaynoq24.uz Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir piyoda vafot etgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.