15-fevral kuni soat 18:00 atrofida Chilonzor tumanidagi TXAY va Chorbog‘ ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1969-yilda tug‘ilgan Yu.A. boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk avtomobili bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan 2004-yilda tug‘ilgan A.I. boshqaruvidagi velosiped bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida velosipedchi olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir piyoda vafot etgani haqida yozgan edi.

