Chiroqchi tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan yashirin dorixona aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida fuqarolar A.I.ning “Qahramon” MFYdagi uyida ruxsatnomasiz dorixona tashkil etilgani aniqlangan. U yerda dori vositalari hamda tibbiy buyumlar noqonuniy sotilishi bilan shug‘ullanilgan.
Tadbir vaqtida yashirin dorixonadan 269 turdagi dori vositalari va 130 dona “Benzonal” nomli kuchli ta’sir qiluvchi preparat ashyo dalil sifatida olib qo‘yilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz “Ko‘mir ta’minot” MChJ mansabdoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida yozgan edi.

