Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chadan qaytayotgan bolalarning Damas avtomobilida me’yorlardan keskin oshib, xavfli tarzda tashilayotgani aks etgan video tarqaldi. «Chinor» YPX maskanida xodimlar tomonidan «Damas» rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, transport vositasida jami 23 nafar bolalar olib ketilayotganligi aniqlandi.
Holatga munosabat bildirgan mutasaddilar vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qilgan. Ularning aytishicha, bolalar boshqa transport vositasiga tushirilgan va masala bartaraf etilgan.
Mutasaddilar bunday holatlar takrorlanmasligi kerakligini ta’kidlab, bolalarni tashishda qat’iy xavfsizlik talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligini eslatgan.
Qaynoq24.uz Andijonda sobiq IIB xodimi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.

